Tizim
Teletibbiyot
Teletibbiyot texnologiyalari - tibbiyot xodimlarining bir-birlari bilan masofadan turib ishlashini ta'minlaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridir
Teletibbiyot texnologiyalari - tibbiyot xodimlarining bir-birlari va boshqalar bilan masofadan turib ishlashini ta'minlaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridir
Teletibbiyot qo'llanilishining asosiy yo'nalishlari:
  • Teletibbiyot bo'yicha konsultatsiya / telemurabbiylik
  • Telemonitoring (telemetriya)
  • Teletibbiyot ma’ruzasi / seminar.
  • Teletibbiyot yig’lishi (konsilium)
<
Teletibbiyot haqida
Teletibbiyot texnologiyalari - tibbiyot xodimlarining bir-birlari bilan masofadan turib ishlashini ta'minlaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridir.
Shifokorning masofaviy maslahati - aloqa “nuqta-nuqta” sxemasi bo’yicha tashkil etiladi
Bemorni davolovchi shifokor maslahatchi bilan muhokama qilishi ta’minlanadi/bemorning davolovchi shifokor bilan/mutaxassisning uslubiy yordami.
Masofaviy konsilium - aloqa "ko'p nuqtali" (tarmoq) sxemasi bo'yicha tashkil etiladi.
Davolovchi shifokorga nisbatan yuqori malakali bir xil yoki turli xil profillarga ega bo'lgan ikki yoki undan ortiq mutaxassis tomonidan klinik holatni ko'rib chiqish. Barcha ishtirokchilar bir-birlari bilan muloqot qilishlari mumkin.
Jarrohlik operatsiyalarining jonli translyatsiyalari - aloqa "nuqta-ko'p nuqta" sxemasi bo'yicha tashkil etiladi.
Shifokorlarning malakasini oshirish, talabalarga dars berish maqsadida talabalar sinflariga mamlakatimizdagi boshqa tibbiyot muassasalarida operatsiyalarning translyatsiyalari uyushtiriladi.
Teletibbiyot ma’ruzasi / seminar - aloqa "nuqta -ko'p nuqta" sxemasi bo'yicha tashkil etiladi.
Ma'ruzachi (o'qituvchi) bir vaqtning o'zida barcha ishtirokchilarga murojaat qilishi mumkin va ular o'z navbatida bir-birlari bilan muloqot qilish imkoniyati bo'lmagan taqdirda ma’ruzashiga murojaat qilishi mumkin.
Telemonitoring (telemetriya) - aloqa "ko'p nuqta-nuqta" sxemasi bo'yicha tashkil etiladi.
Har xil funktsional ko'rsatkichlarni masofadan o'rganish amalga oshiriladi va bu ma'lumotlar masofaga uzatiladi.
FAQ

Tibbiyotdagi teletibbiyot turli xil tibbiy xizmatlarni (bemorning ahvolini kuzatish, maslahat berish, o'qitish), shuningdek, telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tibbiyot xodimlarining o'zaro hamkorligini masofadan turib ta'minlash uchun mo'ljallangan (Telekommunikatsiya texnologiyalari sifatida global kompyuter tarmoqlari yordamida axborot uzatish algoritmlari, usullari va vositalari tushuniladi).

Teletibbiyotning rivojlanishi, tibbiyot mutaxassisi bilan masofadan turib muloqot qilish orqali, oqibatda, aholining vaqt va resurslarini tejashga yordam beradi. Bu shahar aholisi uchun ham amal qiladi, chunki ular tez-tez sog'lig'ini kuzatib borish va navbatda kutish uchun etarli vaqtga ega emaslar, shuningdek qishloq joylarda yashayotgan aholi uchun xam amal qiladi, chunki yuqori malakali shifokorlar asosan yirik shaharlarda ishlashadi.

- Shifokorlar va bemorlarni real vaqtda (onlayn) muloqot qilish imkonyati bilan ta'minlash. Seanslar shifokorlar va bemorlarning joylashuvidan qat'iy nazar amalga oshirilishi mumkin.
- Bemorning ahvolini masofadan monitoring qilishni ta'minlash. Ko'pincha eng yaqin poliklinikaga bora olmaydigan yoki o'zlariga g'amxo'rlik qila olmaydigan qariyalar va bemorlarni kuzatib borish uchun shifokor tomonidan qo'llaniladi.
- Muntazam tekshiruvlarga muhtoj bo'lgan bemorlarning sog'ligini nazorat qilish maqsadida uzoqdan monitoring olib borishni ta`minlash xavfli ishlab chiqarish xodimlarining sog'ligini kuzatish uchun ishlatilishi mumkin.
- Shifokorlarning shoshilinch maslahat berishni ta'minlash.
- Jarrohlik operatsiyalarini jonli efirda taqdim etish, bu jarayonda shifokorlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari, fikr almashishlari mumkin.
- Tibbiyot xodimlari va talabalar uchun masofaviy ta'limni ta'minlash (onlayn konferentsiyalar va ma'ruzalar).

Telekommunikatsiya texnologiyalarining universalligi tufayli aholi salomatligini ta'minlash uchun teletibbiyotdan turli sohalarda foydalanish mumkin - quyidagi tibbiy yordam ko'rsatishda: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami; ixtisoslashgan, shu jumladan yuqori texnologiyali tibbiy yordam; tez tibbiy, shu jumladan shoshilinch va ixtisoslashgan tez tibbiy yordam; tibbiy reabilitatsiya.

Tibbiy yordam ko'rsatishda teletibbiyot texnologiyalaridan foydalanish shaxsiy ma'lumotlar sohasida qonun hujjatlarida belgilangan talablarga va tibbiy sirni saqlashga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

"Shifokor - shifokor" o'zaro hamkorligi - shifokorlar o'rtasida ma'lumot almashish, shuningdek, tibbiy ta'lim, sog'liqni saqlash va tibbiy xizmatlar sohasida boshqarish uchun elektron axborot, integratsiyalashgan raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. "Bemor - shifokor" o'zaro hamkorligi - tibbiy tadqiqotlar natijalarini yoki shifokor xulosalarini bemorga yetkazish, shuningdek, telekommunikatsiya texnologiyasidan foydalangan holda shifokorning bemorga maslahat berishini tashkil etish.
TIZIMGA ULANISH
UCHUN MUROJAAT