Shifokorning masofaviy maslahati - aloqa “nuqta-nuqta” sxemasi bo’yicha tashkil etiladi
Bemorni davolovchi shifokor maslahatchi bilan muhokama qilishi ta’minlanadi/bemorning davolovchi shifokor bilan/mutaxassisning uslubiy yordami.
Masofaviy konsilium - aloqa "ko'p nuqtali" (tarmoq) sxemasi bo'yicha tashkil etiladi.
Davolovchi shifokorga nisbatan yuqori malakali bir xil yoki turli xil profillarga ega bo'lgan ikki yoki undan ortiq mutaxassis tomonidan klinik holatni ko'rib chiqish. Barcha ishtirokchilar bir-birlari bilan muloqot qilishlari mumkin.
Jarrohlik operatsiyalarining jonli translyatsiyalari - aloqa "nuqta-ko'p nuqta" sxemasi bo'yicha tashkil etiladi.
Shifokorlarning malakasini oshirish, talabalarga dars berish maqsadida talabalar sinflariga mamlakatimizdagi boshqa tibbiyot muassasalarida operatsiyalarning translyatsiyalari uyushtiriladi.
Teletibbiyot ma’ruzasi / seminar - aloqa "nuqta -ko'p nuqta" sxemasi bo'yicha tashkil etiladi.
Ma'ruzachi (o'qituvchi) bir vaqtning o'zida barcha ishtirokchilarga murojaat qilishi mumkin va ular o'z navbatida bir-birlari bilan muloqot qilish imkoniyati bo'lmagan taqdirda ma’ruzashiga murojaat qilishi mumkin.
Telemonitoring (telemetriya) - aloqa "ko'p nuqta-nuqta" sxemasi bo'yicha tashkil etiladi.
Har xil funktsional ko'rsatkichlarni masofadan o'rganish amalga oshiriladi va bu ma'lumotlar masofaga uzatiladi.